Putin: Ukrainadagi vaziyat fojia, lekin biz aybdor emasmiz

Ukrainadagi vaziyat ayanchli, ammo bunga uchinchi davlatlarning siyosati sabab bo‘ldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi hay’ati yig‘ilishida ma’lum qildi.
«O‘nlab yillar davomida yangi geosiyosiy sharoitda Ukraina bilan munosabatlarni o‘rnatishga harakat qildik. Hech narsa foyda bermadi. Hech bir harakatimiz ko‘zlangan maqsadga erishmadi. Bizni qoralaydigan hech narsa yo‘q», deydi Putin.
Rossiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bo‘layotgan voqealar fojia. Lekin bu Rossiya siyosati emas.
«Ukrainaliklarni qardosh xalq deb bilganmiz. Men hali ham shunday deb o‘ylayman. Bo‘layotgan voqea esa, albatta, fojia, umumiy fojiamiz! Lekin bu Rossiya siyosati emas, aksincha, rus dunyosini parchalab tashlashga harakat qilgan uchinchi davlatlarning siyosati natijasidir», – deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter