Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putin va Erdo‘g‘on qo‘ng‘iroqlashmadi» – Peskov

«Putin va Erdo‘g‘on qo‘ng‘iroqlashmadi» – Peskov

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir kun avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazgan Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qilmagan. Bu haqda Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Hozircha yo‘q», – dedi Kreml matbuot kotibi TASSning Turkiya va Rossiya rahbarlarining telefon suhbati haqidagi savoliga va qo‘shimcha qildi: «Yaqin kelajakda tomonlar o‘rtasida muzokaralar rejalashtirilmagan».

Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml muzokaralar mazmunidan manfaatdor. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vladimir Putinning avgust oyidagi Turkiyaga tashrifini kutayotganini aytdi. Rossiya tomoni ehtimoliy tashrif vaqti haqida izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokara o‘tkazish uchun Turkiyaga borgani ma’lum qilingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring