Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning nutqini qulog‘iga lag‘mon osib eshitgan deputat jazolandi

Putinning nutqini qulog‘iga lag‘mon osib eshitgan deputat jazolandi

Foto: Telegram Mixail Abdalkin

Rossiyaning Novokuybishevsk shahar sudi Samara Dumasi deputati Mixail Abdalkinni 150 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.

Bu haqda «RIA Novosti» deputatning advokati Aleksey Lapuzinga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, sud Abdalkinni Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.3.3-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Himoyachi qaror ustidan shikoyat qilish niyatida. 

Avvalroq Abdalkinga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantirish bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgani haqida xabar berilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaat bilan chiqqandi. Shu kuni Rossiya kommunistik partiyasi a’zosi bo‘lgan Abdalkin o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qulog‘iga makaron bilan davlat rahbarining murojaatini tomosha qilayotgan videosini e’on qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring