Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Isroil bosh vaziri va Eron prezidenti bilan gaplashdi: tafsilotlar

Putin Isroil bosh vaziri va Eron prezidenti bilan gaplashdi: tafsilotlar

Rossiya rahbari Vladimir Putin Eron prezidenti va Isroil bosh vaziriga telefon qildi. 

 Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasidagi suhbatda “muzokaralar jarayoniga qaytish va Eron yadro dasturi bilan bog‘liq barcha masalalarni faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilish muhimligi ta’kidlandi”, — deya xabar beradi Kreml. Putin, shuningdek, “qarama-qarshilikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga” tayyorligini bildirdi.

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon bilan suhbatda Putin Isroilning zarbalari natijasida ko‘plab insonlar, jumladan, tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi rahbariyati va xalqiga hamdardlik bildirgan. 

Putin shuningdek, “Rossiya Isroilning BMT Nizomi va xalqaro huquqni buzgan holda qilgan harakatlarini qoralashini” ta’kidladi. 

 Rossiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa, Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri, Tehron Moskva uchun muhim qurol, birinchi navbatda, jangovar uchuvchisiz samolyotlar yetkazib beruvchiga aylanganidan beri yaqinroq ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda Rossiya G‘arbning unga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmaslikka qaror qilgan Isroil bilan nisbatan konstruktiv munosabatlarni saqlab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring