Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi: nimalar ma’lum?

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi: nimalar ma’lum?

Foto: FVV.

Vodiy dovonida yuk mashinasi yonib ketdi. FVV voqea tafsilotlarini ochiqladi. 

2-iyul kuni "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in qutqaruv boshqarmasiga Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan "IVECO" rusumli yuk mashinasida yong‘in bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Xabarga asosan "Qamchiq" maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasining yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. 

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda Qamchiq dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring