Endi Qamchiq dovonidan 15 kishigacha bo‘lgan transport vositasida o‘tish mumkin bo‘ladi

Ayni paytda Toshkentdagi «Wyndham» mehmonxonasida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining maxsus muxbiri ham ishtirok etyapti.
Ushbu sessiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni va «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhokamasiga bag‘ishlandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning aytishicha, O‘zbekistonda Milliy PR markazi tashkil etiladi. Mazkur markaz texnikasidan hamma jurnalistlar foydalanishi mumkin bo‘ladi. Yaxshi g‘oya bo‘lsa, markaz tomonidan moliyalashtiriladi ham.
Shuningdek, endi 15 kishigacha bo‘lgan transport vositasida tog‘larga chiqishga ruxsat beriladi. Bu holat tog‘li hududlar — Qamchiq va Zominga ham sayohat qilishda ancha qulaylik yaratadi. Buning uchun ortiqcha ruxsatnomalar kerak emas, faqat transport vositasida GPS moslamasi bo‘lishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter