Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida 7 mansabdorga jinoiy ish ochildi (video)

Qarshida 7 mansabdorga jinoiy ish ochildi (video)

Qarshi shahrida 7 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ularga katta miqdorda noqonuniy yer sotish ayblari qo‘yilgan.

Gap shundaki, Qarshi shahar hokimining qaroriga asosan auksionsiz berib yuborilgan 318 ta holatda bozor bahosi 156 mlrd. 422 mln. so‘mlik 105 gektar yer maydonlarining bo‘sh turgan 90,1 mlrd. so‘mlik 58 gektar yer maydonlari protest orqali bekor qilingan va hokimlik zaxirasiga qaytarilgan.

1,2 gektari esa e-ijro auksion platformasi orqali sotuvga chiqarilgan. Qurilish ishlari amalga oshirilgan 56,4 mlrd. so‘mlik 27 gektar yer maydonlarini qaytarish bo‘yicha sudlarga 133 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Qonunni buzgan Qarshi shahri hokimligi, Kadastrlar palatasi qurilish bo‘limining 7 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va sudga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring