Qashqadaryoda ikki ayol daryoda cho‘kib halok bo‘ldi

Joriy yil 7-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi ikki nafar 61 yoshli ayol Shahrisabz tumani «Miraki» MFYda «Oqdaryo» daryosining o‘ng qirg‘og‘iga cho‘milish maqsadida tushib, oqib ketishi natijasida vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishcha, hodisa joyi tezkor-tergov guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Tibbiy-ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqarorlarning o‘limiga nafas yo‘llarini suyuqlik bilan berkilishi natijasida mexanik asfeksiyadan vujudga kelganligi sabab bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter