Qashqadaryoga yangi prokuror tayinlandi
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Bektosh Raximovich Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
B.Sayipov tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bir oy muqaddam 2022-yilning avgustidan buyon Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Salom Samadov Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter