Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar-2022. H guruhi: Portugaliyani mag‘lub etgan Janubiy Koreya ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Qatar-2022. H guruhi: Portugaliyani mag‘lub etgan Janubiy Koreya ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Qatardagi jahon chempionatining H guruhida 3-turdan so‘ng pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi turda Urugvay Ganani, Janubiy Koreya guruh yetakchisi Portugaliyani mag‘lubiyatga uchratdi.

Kech uyg‘ongan Urugvay kechagi Germaniya holatiga tushdi: g‘alaba qozondi va mundial bilan xayrlashdi. Koreyslar yaponlardan kam iroda namoyish etishmagani uchun keyingi yo‘llanmalardan biriga ega bo‘lishdi. Portugallar garchi ispanlar kabi mag‘lubiyatga uchrashsa-da, ikkinchi o‘ringa tushib ketishmadi (shunday bo‘lgan taqdirda Braziliyaga duch kelishlari deyarli aniq edi). 3-turga qadar ikkinchi o‘rinda turgan ganaliklarga esa faqat sabr tilash mumkin. 

JCh-2022. H GURUHI. 3-TUR

Gana — Urugvay — 0:2

Gollar: Jorjian de Arraskaeta (26, 32).

Noaniq penalti: A.Ayyu (21).

Gana: Ati-Ziji, Seydu, Amarti, Salisu, Baba, Parti, Abdul-Samad (Kere, 72), Quddus, Ayyu (Bukari, 46), Ayyu (Sulemana, 46), Uilyams (Semeno, 72).

Urugvay: Rochet, Varela, Koates, Ximenes, Olivera, Pelistri (De la Krus, 66), De Arraskaeta (Kanobbio, 80), Bentankur (Vesino, 34), Valverde, Suares (Kavani, 66), Nunes (Maksi Gomes, 80).

Ogohlantirishlar: Nunes (19), Suares (60).

Janubiy Koreya — Portugaliya — 2:1

Gollar: Kim Yon Gvon (27), Xvan Xi Chxan (90+1) — Rikardu Orta (5).

Janubiy Koreya: Kim Sin Gyu, Kim Mun Xvan, Kim Yon Gvon (Son Chjun Xo, 81), Kvon Gen Von, Kim Chjin Su, Chjon U Yon, Xvan In Bom, Li Kan In (Xvan Iy Chjo, 81), Li Chje Son (Xvan Xi Chxan, 66), Son Hyon Min, Chjo Gyu Son.

Portugaliya: Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Antoniu Silva, Joau Kanselu, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 65), Vitinya (Bernardu Silva, 81), Mateush Nunesh (Palinya, 65), Joau Mariu (Vilyam Karvalyu, 82), Ronaldu (Andre Silva, 65), Rikardu Orta.

Ogohlantirish: Li Kan In (36).

Portugaliya va Janubiy Koreyaning nimchorak finaldagi raqiblari bugun tunda (soat 00:00 da boshlanadi) G guruhidagi o‘yinlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi:

  • Kamerun — Braziliya
  • Serbiya — Shveysariya
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring