Turizm va madaniy meros vazirligi va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Joriy yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov va Xitoyning “Trip.com” kompaniyasi ijrochi raisi Jeyms Lyan o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
“Trip.com Group Ltd.” kompaniyasi dunyoning 32 davlatida 21 tilda 400 million foydalanuvchiga havo va temir yo‘l chiptalarini bron qilish, mehmonxonalar, avtoulovlarni ijaraga berish, turlar, vizani qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan to‘liq xizmatlar to‘plamini taqdim etadi. Shuningdek, u “Dailymotion”, “Skyscanner” va “Qunar” onlayn platformalari uchun dunyodagi yetakchi sayyohlik xizmatlarini yetkazib beruvchi hisoblanadi. Kompaniya Xitoyning turizm bozorining 85% dan ortig‘ini qamrab oladi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning Xitoydagi xabardorligini oshirish, turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va xitoylik sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Xitoyning “Trip.com Group Ltd” kompaniyasi va Turizm va madaniy meros vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter