Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonga bulangan ayiq maktab binosiga kirishga uringani aytilmoqda

Qonga bulangan ayiq maktab binosiga kirishga uringani aytilmoqda

Foto: «Daryo»

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi qishloqlarning biriga borgan yovvoyi ayiq hududdagi maktab binosiga kirishga uringani aytilmoqda, deb xabar berdi «Daryo».

Ma’lum bo‘lishicha, yovvoyi ayiq borgan maktab qishloqdagi 103-maktab binosi hisoblanadi.

«Ayiq maktab binosiga kirishga uringan. Ammo buning imkonini qilolmagan. Videoda maktab binosining kirish eshigi va derazalarida qon izlari, qon dog‘lariga ko‘zingiz tushishi, shuningdek, deraza oynalaridan biri singanini ko‘rishingiz mumkin», — deydi manba.

Avvalroq Chiroqchi tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari va tuman ekologiya bo‘limi xodimlari yovvoyi ayiqni tutib, uni Samarqanddagi qo‘riqxonaga topshirish harakatiga tushgani ma’lum qilingandi (video).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring