Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qoniqarsiz» baholangan «davlat xizmatlari» uchun shaxsiy javobgarlik belgilanadi

«Qoniqarsiz» baholangan «davlat xizmatlari» uchun shaxsiy javobgarlik belgilanadi

Joriy yil 21-aprel kuni imzolangan Prezidentning PF-71-son farmoni bilan 2026-yil 1-yanvargacha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.

Bunda aholi tomonidan «qoniqarsiz» deb baholangan vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

Sun’iy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.

Farmonga ko‘ra, Iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida:

  • davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi;
  • 2025-yilning 1-iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi;
  • «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.

2025-yil yakunicha:

  • xalqaro tender ob’yektlari bo‘yicha subpudratchilar «Shaffof qurilish» tizimi orqali jalb qilinadi;
  • qiymati 2 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlar «Shaffof qurilish» tizimida o‘tkaziladi;
  • xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring