Qonuniy yo‘l bilan topilgan xorijdagi mablag‘larni musodara qilish barcha chegaralarni buzadi – Putin

Rossiyalik tadbirkorlarning xorijiy mamlakatlarda qonuniy yo‘l bilan topgan mablag‘larini tortib olish barcha chegaralarni buzadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Sharqiy iqtisodiy» forum vaqtida gapirib o‘tdi.
«Qonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni musodara qilish – bilasizmi, bu mening mablag‘larim emas, balki bizning kompaniyalarimiz, tadbirkorlarimiz mablag‘lari. Bu shunchaki barcha chegaralarni kesib o‘tadi», — dedi Putin yalpi majlisda.
Avvalroq, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken sanksiyalar ostidagi rossiyalik oligarxlardan musodara qilingan aktivlar Ukrainaga berilishini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter