Polda yotgan murdalar videosi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona o‘likxonasi tasvirlangan videolavha tarqalib, shov-shuvga sabab bo‘ldi. Unda murdalarni vaqtincha saqlash xonasi (eshigiga rus tilida shunday yozib qo‘yilgan) va yo‘lakda qora plyonkaga o‘ralgan, polga yotqizib qo‘yilgan 20-25 tacha murdani ko‘rish mumkin. Ularning ayrimlari, hatto, plyonkaga ham o‘ralmagan, alohida xonaga ham kiritilmagan.
Mazkur videolavha ortidan alohida ovozli xabar ham tarqalgan. Unda erkak kishi: «Jukovskiy shifoxonasida juda ko‘pchilik COVID-19 dan o‘lyapti. Mana, hozir qaynanamning ham joni uzildi. Olib chiqyapmiz. Ehtiyot bo‘linglar», — deydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, videolavhadagi holat O‘zbekistonda yuz bermagan, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u qo‘shni davlatlardan birida tasvirga olingan.
O‘zbekistonning biror shifoxonasida, jumladan, yuqorida tilga olingan tibbiy markazda bunday joy yo‘q. Ustiga-ustak, murdalar bunday tarzda saqlanmaydi, deya ta’kidlanadi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter