Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash boshlandi
Qoraqalpog‘istonda maktablarni bepul oziq-ovqat bilan ta’minlash ishlari boshlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, bugun, 11-oktyabrdan boshlab Taxiatosh, Xo‘jayli, Qonliko‘l va Amudaryo tumanlari hamda Nukus shahridagi jami 98 ta umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf (1-4-sinf) o‘quvchilarini budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib Hukumatning joriy yil 25-avgustdagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tartibga solinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter