Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida talabalarni yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda "Berdaq" nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni va 17 nafar talabani yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter