Qozog‘istonda harbiy ombor portladi. Ikki yil avval ham shunday bo‘lgandi

Qozog‘istonning Jambul viloyatida katta portlash sodir bo‘ldi. Hudud harbiy omborlaridan birida yong‘in yuz bergan, natijada o‘q-dorilar portlagan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Tengrinews.kz nashri.
Katta yong‘in guvohlar tomonidan tasvirga olingan.
«Tarozga ketayotgan yo‘lda joylashgan harbiy ombor yonib ketdi. Mashinada portlash zarbasining to‘lqini sezildi», — deydi guvohlardan biri.
Jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot hozircha yo‘q.
Ta’kidlash joizki, shunga o‘xshash hodisa 2019-yil Aris shahrida ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda harbiy ombordagi portlash natijasida uch kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter