Qozog‘istonda ikki yoshli qizaloqqa koronavirus qayoqdan yuqdi?

Qozog‘istonda 2018-yilda dunyoga kelgan go‘dakda koronavirus aniqlandi, deya xabar berdi onlayn-brifingda respublika sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Ahmetsharip.
Avvalroq Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni bir kecha-kunduzda 10 kishidan 13 kishiga ko‘paygani ma’lum bo‘lgandi, deb yozadi «RIA Novosti».
Kasallikni yuqtirgan qizaloq Berlindan Minsk orqali Olmaotaga uchib kelgandi. Go‘dak shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Kasallikni yuqtirgan boshqa yana ikki kishi katta yoshlilar bo‘lib, ular Moskvadan kelishgandi.
Koronavirusning tarqalishi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Hozirda dunyoning 155 mamlakatida ushbu virus tarqalgan.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, umumiy kasallanganlar soni 167 511 kishini tashkil etadi. Shulardan 6 606 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Yevropada, ayniqsa, Italiya, Ispaniya va Fransiyada ahvol murakkab.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter