Qozog‘istonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi (video)
Qozog‘iston poytaxti va butun respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya boshlandi. Bu haqda 1-fevral kuni Nur-Sulton jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Timur Muratov markaziy aloqa xizmatida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
«Vaksinatsiya 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlarda amalga oshiriladi. Ular 735 mingga yaqin», — dedi Muratov. U vaksinatsiya ixtiyoriy ekanligini ta’kidladi. Qozog‘iston fuqarolariga vaksina bepul beriladi.
Sog‘liqni saqlash tizimi vakili emlanmoqchi bo‘lgan fuqarolarda koronavirusga qarshi antitanachalar bor-yo‘qligi tekshirilmasligini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, mutaxassis «koronavirusning o‘tkir va alomatsiz shaklidan qiynalayotgan shaxslar» emlanmasligi kerakligini aytgan. Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i «koronavirusning har qanday shaklini boshidan o‘tkazganlar tuzalgach 6 oydan so‘ng hamda vaksinatsiyadan oldin ahvolni hisobga olgan holda emlanish tavsiya etilishi»ni ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter