Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik oilaning 3 a’zosi YTHda halok bo‘ldi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik oilaning 3 a’zosi YTHda halok bo‘ldi

Kecha, 20-yanvar kuni soat 17:00 atrofida Qozog‘istonning Akjayik rayonidan o‘tgan Uralsk-Atirau trassasida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Aniqlanishicha, o‘zbekistonlik 41 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Mazda CX-7 avtomashinasi bilan harakatlanib ketayotib Samal posyolkasi hududida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

«YTH natijasida Mazda SX-7 haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi – 1984-yilda tug‘ilgan ayol va 2012-yilda tug‘ilgan bola voqea joyida vafot etgan. Ularning barchasi bir oilaning a’zosi bo‘lgan», – deb yozmoqda Orda.kz G‘arbiy Qozog‘iston oblasti politsiya departamenti ma’lumotiga tayanib.

YTHda oilaning 14 yoshli a’zosigina omon qolgan va u ayni paytda Akjayik rayoni shifoxonasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qozog‘iston hududida o‘zbekistonliklarning o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring