Qozog‘istonda qancha rus millatiga mansub aholi qolgani aytildi

Qozog‘iston xalqlari birligi kuni arafasida mamlakat Milliy statistika byurosi millatlarning ulushi borasida ma’lumot berdi.
2023 yil holatiga ko‘ra Qozog‘istonda 19,8 million kishi istiqomat qiladi, shundan:
- 70,6 foizi - qozoqlar,
- 15,1foizi - ruslar,
- 3,2 foizi - o‘zbeklar,
- 1,9 foizi - ukrainaliklar,
- 1,5 foizi - uyg‘urlar,
- 1,1foizi - nemislar,
- 1,1 foizi - tatarlar,
- 0,7 foizi - ozarbayjonlar,
- 0,6 foizi va boshqa millat vakillari - koreyslar va boshqa millatlar.
Qozog‘istonda jami 124 millat vakillari istiqomat qiladi.
Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 3 mln atrofida rus millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter