Qozog‘istonda YTH: 6 nafar chet ellik fuqaro halok bo‘ldi

Bugun, 20-may kuni ertalab Olmaota — Yekaterinburg xalqaro trassasida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 nafar chet el fuqarosi halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Qayroq» chegara postidan ikki kilometr uzoqlikda mikroavtobus va yuk avtomobili to‘qnashgan. Qostanay viloyati politsiya departamentiga ko‘ra, mikroavtobusda jami 10 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning oltitasi hodisa joyida vafot etgan, qolgan besh nafari turli tan jarohatlari bilan Qarabaliq tuman shifoxonasiga yetkazilgan.
Hodisa yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan YHQni buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari boshlangan. Ayni paytda voqea joyida tergov-tezkor guruh ish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter