Koronavirus yuqtirganlar soni ko‘payishi bilan qurbonlar ham oshmoqda

2020-yil 10-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45 679 (+206) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent viloyatida, 91 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 81 yoshli T.K. (ayol), Ohangaron tumanida yashagan 60 yoshli J.X. (ayol) hamda 76 yoshli Q.H. (ayol), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 206 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 5 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 42 555 (+343) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 751 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter