Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurolli kuchlarimiz Isroilning ehtimoliy harbiy harakatlariga tayyor – Eron TIV

Qurolli kuchlarimiz Isroilning ehtimoliy harbiy harakatlariga tayyor – Eron TIV

Eron Isroil yoki AQSh zarba bergan taqdirda foydalanishi mumkin bo‘lgan yuzlab raketalarni tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda The New York Times Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqador manbalarga tayanib yozmoqda.

Shuningdek, Eron TIV rahbari Sayid Abbos Aragchi mamlakat harbiy kuchlari Isroil tomonidan bo‘ladigan ehtimoliy javob hujumlariga tayyorligini bildirgan.

«Bugun kechqurun biz BMT Nizomining 51-moddasiga asosan G‘azo va Livandagi genotsid uchun mas’ul bo‘lgan harbiy ob’yektlarni nishonga olib, o‘zimizni himoya qildik.

Biz G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun yetarli bo‘lgan muddat – qariyb ikki oy davomida katta vazminlik ko‘rsatganimizdan keyin shunday qildik.

Agar Isroil rejimi keyingi javob choralariga qo‘l urmasa, bizning harakatimiz yakunlanadi. Aks holda esa bizning javobimiz kuchliroq va qattiqroq bo‘ladi», – deydi Eron TIV rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring