Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramos: «Besh yildan keyin Mbappe to‘rt yoki beshta «Oltin to‘p»ga ega bo‘ladi»

Ramos: «Besh yildan keyin Mbappe to‘rt yoki beshta «Oltin to‘p»ga ega bo‘ladi»

Madridning «Real» klubi sobiq sardori Serxio Ramosning fikricha, Kilian Mbappe yaqin yillarda olamshumul muvaffaqiyatlarga erishadi.

«Besh yildan keyin Mbappe xotirjam bo‘ladi, chunki ungacha u to‘rt yoki beshta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi. Unda ulkan iste’dod bor,» - deya Meksikaning «Monterrey» klubi sharafini himoya qilayotgan Ramosning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Fransuz «qaymoqranglilar» safida debyut mavsumini ajoyib o‘tkazdi va 56 o‘yinda 43 ta gol urdi, ammo jamoa asosiy sovrinlardan quruq qoldi. Shunga qaramay, Ramosning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi «Real»da muvaffaqiyatga erishishga aniq ishonadi.

Ma’lumott uchun, Kilian 2024-yilning yozida «PSJ»dan erkin agent sifatida «Real»ga o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring