Rasman: Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton nomini oldi

Qozog‘istonning prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat poytaxtini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga nomlash taklifini bergan, deputatlar ham uni ma’qullagan edi.
Qosim-Jomart To‘qayev bugun poytaxt Ostona shahrini Nur-Sulton deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Farmon Oq O‘rda rasmiy saytida keltirilgan.
«Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahri — Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton deya qayta nomlansin», — deyiladi farmonda.
Qozog‘iston poytaxtidagi Navro‘z bayrami tantanalari nishonlanadigan maydonda Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlovchilar va unga qarshilar o‘rtasida mushtlashuv ham sodir bo‘lgan, politsiya 20ga yaqin kishini qo‘lga olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter