Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikaning barcha tumanlarida gaz ta’minoti tashkilotlari faoliyati tiklandi

Respublikaning barcha tumanlarida gaz ta’minoti tashkilotlari faoliyati tiklandi

Endilikda gaz ta’minoti tizimiga va aholiga ixtisoslashtirilgan boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan respublikaning har bir tuman, shahar va viloyatidagi 206 ta gaz ta’minoti tashkilotlari shug‘ullanadi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ularning faoliyati tiklanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot va aholini energiya manbalari bilan barqaror ta’minlash, moliyaviy sog‘lomlashtirish va neft-gaz sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan edi. Ushbu qaror tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilarining barcha toifalari uchun xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, gaz ta’minoti tashkilotlari sonining ko‘payishi aholini «zangori yoqilg‘i» bilan barqaror ta’minlash va shu jarayonga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.

Hozirgi kunda «Hududgazta’minot» AJ tarkibiy bo‘linmalari zarur mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring