Ronaldu ortidan: Marselo «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

«Life» Italiyaning «Tuttosport» gazetasiga asoslanib xabar tarqatishicha, Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi himoyachisi Marselo «Yuventus»ga o‘tishi mumkin. Ta’kidlanishicha, bu transferning tashabbuskori — Krishtianu Ronaldu.
Ammo Marseloning «Real» bilan shartnomasi 2022-yilgacha tuzilgan.
Agarda Marseloning Italiyaga ko‘chib o‘tishi haqiqatga aylangan taqdirda ham, bu voqea 2019-yil yozida amalga oshishi mumkin. Transfer qiymati €45–50 million atrofida bo‘lishi kutilyapti.
Marselo hozir 30 yoshda bo‘lib, 2006-yildan beri «Real» safida. O‘tgan 12 yil davomida 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urgan.
Madrid klubi qo‘l qovushtirib o‘tiradiganlar xilidan emas: braziliyalik himoyachini yo‘qotsa — braziliyalik hujumchini olib kelishi mumkin, bu haqda xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter