Rossiya bilan to‘qnashuvga NATO qanday reja tuzgan?

O‘zaro urush ehtimoli yuzaga kelganda, NATO Rossiyaning aerodromlarini egallashni rejalashtirgan, deb yozdi Business Insider jurnali.
Mualliflar Shimoliy Atlantika alyansi Finlyandiyada o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarga asoslanib, aerodromlarni egallash muhimligiga e’tibor qaratishdi.
Ta’kidlanishicha, NATO harbiylari so‘nggi mashg‘ulotlarda uchish-qo‘nish yo‘laklarini egallash ko‘nikmalarini oshirishgan. Mudofaalanayotgan tomon havo hujumiga qarshi tizimlarini to‘liq faollashtirishga ulgurmasidan avval aerodromlar nazoratini qo‘lga kiritish qo‘shinlarni tez tashlashda muhim, deyiladi xabarda.
Finlyandiyadagi Lively Sabre 25 quruqlik mashg‘ulotlari may oyining ikkinchi yarmida boshlangan. Ularda 3,5 ming nafar harbiy qatnashyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter