Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga oid cheklov bekor bo‘lyapti

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga oid cheklov bekor bo‘lyapti

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini mehnat bozoriga jalb etish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi. Ya’ni, endilikda mehnat muhojirlarining qurilish va agrosanoat majmuasida ishlash bo‘yicha kiritilgan miqdoriy cheklovlar olib tashlanadi. 

Bu haqda rus hukumatining O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya mehnat bozoriga jalb etish bo‘yicha pilot loyihani nazarda tutuvchi qarori qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur qarorda mamlakatga kirib kelayotganlar uchun tibbiy talablar ham pasaytirilishi belgilangan.

Endilikda, koronavirus yoki emlash uchun majburiy test o‘rniga ular O‘zbekistonda faqat rossiyalik shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi, ish beruvchilar esa buni tashkil etish xarajatlarini to‘laydi.

Shu bilan birga, qaror bilan Sanoat va savdo vazirligi tomonidan ro‘yxatga kiritilgan yengil sanoatda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Rossiya yuridik shaxslari tomonidan O‘zbekistondan ishchilarni yollash imkoniyati beriladi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror Ukrainadagi urush tufayli qisman safarbarlik boshlanganidan keyin «Gaydar» Iqtisodiy siyosat instituti tomonidan aniqlangan yengil sanoatda kadrlarning rekord darajadagi yetishmasligi fonida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyida Rossiyada mehnat muhojirlari tanqisligi kuzatilayotgani, buning natijasida esa qurilish sanoatida mehnat muhojirlariga ehtiyoj sezilarli oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar O‘zbekistondan mehnat muhojirlari soni qurilish va agrosanoat majmuasida 11 ming kishidan oshmasligi kerak bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring