Rossiyada prezident saylovi: Putindan tashqari yana 22 nomzod

Rossiyada saylov kampaniyasi rasman boshlandi
Rossiyada prezident saylovi kampaniyasi boshlandi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar qilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning aytishicha, saylovni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tayyorgarlik ko‘rilgan.
Ayni paytda 23 nafar nomzod Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish istagini bildirgan. Ular orasida Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin ham bor. To‘rtinchi bor saylovlarda ishtirok etayotgan Putin o‘zining oldingi ishtiroklaridan farqli ravishda bu gal mustaqil nomzod sifatida qatnashadi.
Kampaniya boshlangunga qadar «Yabloko» partiyasining asoschilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy va Liberal demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy saylovlarda ishtirok etishlarini ma’lum qilishgan edi.
Shuningdek, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Prezident huzuridagi vakil Boris Titov («Rosta» partiyasi), siyosatshunos, Ijtimoiy texnologiyalar markazi rahbari Andrey Bogdanov, telejurnalist Kseniya Sobchak, «Jenskiy dialog» partiyasi yetakchisi Yelena Semerikova, tadbirkor Sergey Polonskiy, qo‘shiqchi va huquq himoyachisi Yekaterina Gordon ham bor.
Eslatib o‘tish kerak, Rossiyada prezident saylovlari 2018 yilning 18 martida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter