Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada samolyot halokatiga nima sabab bo‘lgan? Mutaxassis fikri

Rossiyada samolyot halokatiga nima sabab bo‘lgan? Mutaxassis fikri

Foto: Uzoq Sharq transport prokuraturasi

Rossiyaning Tinda shahri yaqinida An-24 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashiga ob-havo sharoiti ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

«Fobos» ob-havo markazi mutaxassisi Vadim Zavodchenkov «Rossiya 24» telekanali efirida shunga to‘xtaldi.

Uning aytishicha, hodisa yuz bergan vaqtda hududda past bulutli holat kuzatilgan — ayrim joylarda bulutlarning quyi chegarasi 300 metrgacha pasaygan. Bunday sharoit parvozlar uchun xavfli sanalmaydi, biroq Tinda 1,5 kilometrgacha balandlikdagi tog‘lar orasida joylashgan.

Bulutlar tog‘ cho‘qqilarini to‘sib qo‘ygan bo‘lishi, bu esa ekipajni chalg‘itib, samolyotning yerga qulashiga olib kelgan bo‘lishi mumkin, dedi Zavodchenkov.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiyada An-24 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida undagi barcha — 50 nafarga yaqin inson halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring