Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga josuslik qilgan Ukraina generali 12 yilga qamaldi

Rossiyaga josuslik qilgan Ukraina generali 12 yilga qamaldi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) sobiq generali Valeriy Shaytanov davlatga xiyonat va terrorchilik harakatiga urinishda ayblanib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.

«Bosh prokuratura tomonidan ochiq ayblov bilan sud SBUning «A» maxsus operatsiyalar markazi boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosarini davlatga xiyonat, terrorchilik harakatini sodir etishga urinish, shuningdek, noqonuniy muomalada aybdor deb topdi», – deyiladi idoraning xabarida.

Shaytanov Rossiya tomoniga, jumladan, SBUning Donbassdagi harakatlariga oid maxfiy ma’lumotlarni to‘plash va uzatishda ayblangan, shuningdek, xizmatning sobiq xodimlari orasidan terrorchilik hujumlari sodir etganlarni qidirgan. U qamoq muddatidan tashqari, mol-mulkini musodara qilishga hukm qilingan.

Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, Shaytanov ko‘ngilli chechen bataloni komandirini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring