Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya–Ukraina muzokaralarining yangi bosqichi Vatikanda o‘tishi mumkin

Rossiya–Ukraina muzokaralarining yangi bosqichi Vatikanda o‘tishi mumkin

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar 2025-yil iyun oyida Vatikanda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, Vatikan rahbari Papa Lev XIV ushbu muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirgan. Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni ham Papaning bunday tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Yevropa yetakchilari bilan suhbat chog‘ida muzokaralarga davlat kotibi Marko Rubio va Ukraina bo‘yicha maxsus vakil Kit Kellogni yuborish niyati borligini ma’lum qilgan.

Kreml Vatikandan rasmiy taklif kelmaganini bildirgan bo‘lsa-da, muzokaralar o‘tkazilishi ehtimolini inkor etmadi. WSJʼning ta’kidlashicha, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin hali mojaroni tugatishga tayyor emasligini aytgan, biroq baribir muzokaralarni past darajada boshlash tarafdori ekanini bildirgan.

Muzokaralarning yakuni qanday bo‘lishi noma’lum bo‘lib qolayotir. Ammo bu tashabbus xalqaro hamjamiyatning mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring