Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva:«Qizlarga maqsadlari sari dadil qadam tashlashga imkon beraylik»

Saida Mirziyoyeva:«Qizlarga maqsadlari sari dadil qadam tashlashga imkon beraylik»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qizlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidladi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.

​«Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir», deya yozadi Saida Mirziyoyeva.

​Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. PA rahbari qizlarga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon berish lozimligini ta’kidladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring