Sakkiz soatlik uyquning foydasi inkor etildi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlari sakkiz soatlik uyqu sog‘lom me’yorligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni shubha ostiga qo‘yishdi. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
70 mamlakatga oid ma’lumotlar tahlili uyqu vaqti va organizm salomatligidagi bog‘liqlik madaniy me’yorlar nuqta nazaridan jiddiy tafovut qilishini ko‘rsatdi.
Tadqiqotchilar g‘alati paradoksni kuzatishdi: garchi yaponlar fransuzlarga nisbatan o‘rtacha 1,5 soat kam uxlashgani bilan, bu ularning umr ko‘rish davomiyligi yoki salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
«Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish uzoqligi eng yuqori mamlakat — Yaponiya, holbuki, yaponlar kam uxlashadi», — deyiladi tadqiqotda.
Uyquning o‘rtacha milliy ko‘rsatkichlari yurak xastaliklari, diabet yoki semirish darajasida aks etmasligi aniqlandi. O‘rganilgan 20 mamlakatda tungi dam olishning «ideal» davomiyligi har xil. Bundan tashqari, uyqu tartibi milliy xususiyatlariga mos odamlar sog‘lomroq ekani qayd etilgan.
Olimlarning fikricha, uxlashda soatlarga emas, mahalliy an’analarga e’tibor qaratish muhimroq. Ehtimol bu ijtimoiy ritm — ishning boshlanish vaqti, transport va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ushbu natijalar uxlash vaqti bo‘yicha global tavsiyalarni shubha ostiga qo‘yadi va salomatlikni baholashda madaniy kontekst hisobga olinishi muhimligini ta’kidlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter