Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda aholi orasida kasallanish yana ko‘paydi

Samarqandda aholi orasida kasallanish yana ko‘paydi

2020-yil 24-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6901 (+54) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

 Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafar Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), yana 14 nafari Samarqand viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 4685 (+125) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2197 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring