Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda amaldor noma’qul qilig‘i tufayli ishdan olindi

Samarqandda amaldor noma’qul qilig‘i tufayli ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy bo‘limlari xodimlari ishtirokida «Zoom» platformasi orqali videomajlis bo‘layotgani va unda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan ishtirok etayotgan xodimning ayol kishini tizzasiga o‘tqizib olgan holida ishtirok etgani aks etgan surat tarqaldi.

Vazirlik mazkur holatga o‘z munosabatini bildirib, uni «davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid» deb atadi va ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.

«Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring