Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda biryo‘la beshta uy olib berishni va’da qilgan «shovvoz»ga ish qo‘zg‘atildi

Samarqandda biryo‘la beshta uy olib berishni va’da qilgan «shovvoz»ga ish qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto.

Jomboy tumanida yashovchi fuqaro 29 yoshli S.M., tanishi 45 yoshli Sh.M.,ga Samarqand shahar hokimligi tomonidan kam ta’minlangan oilalarga Samarqand shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan berayotganligini aytgan.

Unga  ham ushbu joydan 5 dona uyni kredit shartlari asosida arzon narxda olib berishini va’da qilib, uning ishonchiga kirib, 2018-yilning dekabr oyidan 2020-yilning mart oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida bo‘lib-bo‘lib jami 16.400 AQSh dollarini olib, hozirgi kunga qadar va’dasini bajarmasdan  pullarni ishlatib yuborgani aniqlangan.

Tergov Departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 29 yoshli S.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring