Samarqandda harbiy shifokorlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda

Markaziy harbiy okrugning tashabbusi bilan Samarqand harbiy gospitali shifokorlari tomonidan Pastdarg‘om tumani «Xonchorbog‘» va «Elbek» MFY aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Unda aholi uchun kerakli bo‘lgan mutaxassislar, nevropatolog, terapevt, okulist, xirurg, stomatolog kabi 10 ga yaqin shifokorlar jalb etildi.
Shuningdek, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda EKG, UTT hamda analiz tahlili uchun laboratoriyaning zamonaviy tashxis apparatlaridan foydalanilgan holda mahalla aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida xar ikki MFYning 10 ga yaqin qishloqlaridan dispanser ro‘yxatida turgan 150 dan ortiq fuqaro mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar, statsionar va ambulator sharoitda davolanish uchun yo‘llanmalarga ega bo‘lishdi.
Xonchorbog‘da tibbiy ko‘rikka kelish imkoni bo‘lmagan bemorlar uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xonadonida ham bemorlarning salomatligi chuqurlashtirilgan holda ko‘rikdan o‘tkazildi.
Eng chekka hududlardagi yurtdoshlarimizni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan harbiy shifokorlarimiz endilikda okrug tasarrufidagi garnizonlar bo‘ylab yo‘l xaritasiga ko‘ra xayrli va savobli ishlarni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqishadi, deya xabar berdi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter