Samarqandda ikki yashar bola uyda qulflanib qolib ketdi

27-may kuni soat 12:30 larda Samarqand shahar «So‘g‘diyona» dahasidagi ko‘p kvartirali uyning xonadonlaridan birida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat FVBning qisqa 1050 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Unda fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 2 yoshli bolasi qolib ketganligini bildirib, tashvishlanib, murojaat qilgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon yeshigini ochib, uy ichida qolgan qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirdi, deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter