Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida Samarqandda migratsiya bo‘yicha yangi markaz ochildi

Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida Samarqandda migratsiya bo‘yicha yangi markaz ochildi

Foto: «Audley Travel»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari S.Samadov Xalqaro migratsiya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi mintaqaviy maslahatchisi Manfred Profazini qabul qildi.

Tomonlar huquqiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, M.Profazining tashrifi doirasida Samarqand shahridagi «Devori kundalang» mahallasida axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz faoliyati aholining noqonuniy migratsiya va odam savdosi xavfi borasidagi xabardorligini hamda huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Marosimda Bosh prokuratura, Samarqand viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mas’ul xodimlari, «Devori kundalang» mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu markaz Bosh prokuratura tashabbusi bilan Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Markazda aholi odam savdosi, noqonuniy migratsiya haqida, kimlar odam savdosi qurboni bo‘lishi mumkinligi, odam savdosi domiga tushib qolgan qanday harakat qilish lozimligi, bunday holatlarda O‘zbekistonda yoki borgan mamlakatida qaysi idoralarga murojaat qilish kerakligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Shu maqsadda, markazda prokuratura, ichki ishlar organlari, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa idoralar mas’ul xodimlari aholi bilan uchrashuvlar, suhbatlar va treninglar o‘tkazish yo‘li bilan tushuntirish ishlarini olib boradilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring