Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda xonadonda boqib kelingan sher bolasi olib qo‘yildi

Samarqandda xonadonda boqib kelingan sher bolasi olib qo‘yildi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro o‘z mashinasida sher bolasini olib yurganligi aks etgan videotasvir tarqalgan edi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda tegishli idoralar tomonidan tezkor tartibda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijasida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Afrika sheri bolasini tumanning Oqbo‘yro mahallasi hududidagi dala hovlilarning biriga yashirishga uringani ma’lum bo‘ldi. Sher bolasi dala hovlining sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holda topildi. Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, vaqtincha saqlash uchun viloyat kinologiya markaziga olib kelindi hamda alohida parvarishga olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring