Samarqandda zaharlangan chigitdan moy ishlab chiqarayotgan shaxs aniqlandi
2021-yil 5-may kuni Samarqand viloyati IIB JQB va Kattaqo‘rg‘on tumani DXXB hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida, Kattaqo‘rg‘on tumani «Qorakulcha» mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan B.O.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida, ushbu shaxsning omborxonasidan qog‘oz qoplarda dorilangan (zaharlangan) paxta chigitlari topilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
B.O. ushbu paxta chigitlarini 5 dona, qo‘lbola usulda yasalgan, hech qanday ruxsatnomaga ega bo‘lmagan moslamalar yordamida qayta ishlab, talabga javob bermaydigan moy mahsulotlarini tayyorlab kelayotganligi aniqlangan.
Aniqlangan paxta chigit mahsulotlarining miqdori Kattaqo‘rg‘on «OIL» MChJning ma’sul xodimlari tomonidan o‘lchanganida, ushbu mahsulotlar jami 10 tonnadan ortiq dorilanib zaharlangan paxta chigiti ekanligini ma’lum bo‘lgan.
Ushbu paxta chigitidan qayta ishlab chiqarilgan 20 litr moy mahsulotlari tekshirib ko‘rish uchun namuna sifatida hujjatlashtirib olinib, Kattaqo‘rg‘on «OIL» MChJga topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter