Sambo bo‘yicha jahon chempionati: o‘zbekistonliklarda 4 ta medal
Bishkek shahrida dunyoning eng kuchli sambochilari ishtirokida o‘tayotgan chempionatning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shiddatli kechgan sport sambosi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Asror Hamidov +98 kilogrammda, shuningdek jangovar sambochilarimiz Oybek Soliyev -64 kiloda, Sohibjon Hasanboyev- 88 kilo og‘irlikda 2-o‘rinni, Madinabonu Salohiddinova ayollar o‘rtasida -72 kilogrammda bronza medaliga ega chiqdi.
8 noyabr kuni jahon chempionatining ikkinchi kunida sport sambosida erkaklar 64 va 88 kilogrammda, ayollar 54 va 72 kilogrammda, jangovar samboda erkaklar 71 va -98 kilogrammda, ayollar 59 va -80 kilogramm vazn toifasida bellashadi.
Bundan tashqari, para sambochilar o‘rtasida 64, 79 va 98 kilo og‘irlikda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Mukofot jamg‘armasi 341 ming AQSh dollaridan iborat jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar a’zosi sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 9 noyabrga qadar davom etadigan jahon chempionati musobaqalarida mamlakatimizning 24 nafar mahoratli sambochisi ishtirok etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter