Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanoqli soatlar ichida yuzdan ziyod kishida koronavirus aniqlandi

Sanoqli soatlar ichida yuzdan ziyod kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 2-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 540 (+103) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Toshkent viloyatida, 23 nafari Toshkent shahrida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashagan, Xorazm viloyatida davolangan 44 yoshli O.X. (erkak) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 63 yoshli N.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent viloyatida 103 nafar, Toshkent shahrida 98 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 39 883 (+219) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 328 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring