Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatorlar to‘y-hashamlarni tartibga soluvchi qarorni qabul qilishdi

Senatorlar to‘y-hashamlarni tartibga soluvchi qarorni qabul qilishdi

Foto: «Senat.uz»

Senatda «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, joriy yilning 5-25-mart kunlari keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan edi.

Oilaviy tadbirlarni tartibga solish jamiyat uchun ham muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bois, aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni inobatga olib, mazkur masalani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni mukammal ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Ushbu qaror bilan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzilib, uning tarkibi tasdiqlandi.

Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib ushbu masalaning OAV, shu jumladan, internet nashrlarda faol muhokama qilinishini tashkil etish, mamlakatimizning har bir hududida oilaviy tadbirlarni o‘tkazish borasida shakllangan o‘ziga xos urf-odat va an’analarni aholi ishtirokida chuqur o‘rganib chiqishdan iborat deb belgilandi. Ishchi guruhga muhokamalar yakuni bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish va loyihani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring