Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida uch avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Sergelida uch avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni soat 01.00 larda Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi 12 bekat qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2002 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yukmashinasi, 2001 yilda tug‘ilgan D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomashinasi hamda 1957 yilda tug‘ilgan Sh.F.  boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yukmashinalari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTH natijasida MAN hamda HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring