Sezilarli pasayish: kecha virus yuqtirganlar 600 nafardan kam bo‘ldi

2021-yil 11sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 164364 (+594) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
68 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
19 nafari Andijon viloyatida,
14 nafari Buxoro viloyatida,
13 nafari Jizzax viloyatida,
8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
9 nafari Navoiy viloyatida,
20 nafari Namangan viloyatida,
73 nafari Samarqand viloyatida,
12 nafari Sirdaryo viloyatida,
19 nafari Surxondaryo viloyatida,
57 nafari Farg‘ona viloyatida,
16 nafari Xorazm viloyatida,
85 nafari Toshkent viloyatida,
181 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 156495 (+585) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1153 nafarni tashkil qildi.
122 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25382 nafarga yetdi. Kecha ularning 284 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 19575 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 204 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter